Yo'lda

Shahardan shaharga — yo'lingiz bir haydovchi bilan

Viloyatga o'zingiz borasizmi yoki yuk yuborasizmi — manzilni xaritada belgilang, narxni o'zingiz taklif qiling, tekshirilgan haydovchi qabul qiladi.

Ilova hozircha Google Play'da emas — to'g'ridan-to'g'ri shu saytdan o'rnatiladi.

Bitta ilova — o'zingiz uchun ham, yukingiz uchun ham

Yo'lovchi

Mashinada joy band qiling: nechta yo'lovchi, bagajingiz bor-yo'qligi, kerak bo'lsa — faqat ayol yo'lovchilar bilan.

  • 1 dan 4 gacha yo'lovchi
  • Chamadon va katta sumkalar
  • «Ayol yo'lovchilar» tanlovi
Buyurtma tafsilotlari ekrani

Yuk jo'natish

Hujjat, kiyim, maishiy texnika yoki mebel — o'sha yo'nalishga ketayotgan haydovchi olib boradi.

  • Qutilar o'lchami va og'irligi
  • Bir jo'natmada turli yuklar
  • Yengil mashina yoki yuk mashinasi

Uch qadamda yo'lga

  1. 1

    Qayerdan va qayerga

    Jo'nash va borish joyini xaritada aniq belgilang, sana va vaqtni tanlang.

  2. 2

    Narxni o'zingiz ayting

    Ilova tavsiya narxni ko'rsatadi — siz o'z taklifingizni yozasiz. To'lov haydovchiga naqd.

  3. 3

    Haydovchi qabul qiladi

    Kim kelayotgani, mashinasi va davlat raqami ko'rinadi. Safar holatini jonli kuzatasiz.

Yo'l chetida «poputka» kutishdan ko'ra xotirjamroq

Tekshirilgan haydovchilar
Pasport va mashina rasmlarini operatorlarimiz tekshiradi. Tasdiqlanmagan haydovchi buyurtma ololmaydi.
Haydovchi haqida hammasi
Reyting, safarlar soni, mashina va davlat raqami — chatda ismini bossangiz kifoya.
Ilova ichida chat
Matn, rasm va ovozli xabar. Xabar o'qilganini ikki belgi ko'rsatadi.
Jonli holat
Qabul qilindi, yo'lga chiqdi, yakunlandi — har bir o'zgarish darhol ko'rinadi.
Bekor qilish mumkin
Haydovchi safarni boshlaguncha buyurtmani istalgan payt bekor qilasiz.
Ikki tomonlama baho
Safardan keyin mijoz ham, haydovchi ham bir-birini baholaydi.

Haydovchimisiz? Bo'sh o'rindiqlar daromad keltirsin

Baribir boradigan yo'nalishingizga yo'lovchi va yuk toping. «Yo'lda Haydovchi» — alohida ilova.

  • Yangi buyurtmalar lentasi o'zi yangilanadi — shahar, kun va turi bo'yicha saralang
  • Bitta yo'nalishda bir nechta mijoz: yo'lovchilar va yuklar birga
  • Manzil bosilsa — Yandex Navigator'da yo'l ochiladi
  • Ro'yxatdan o'ting, hujjatlarni yuklang — tasdiqdan so'ng buyurtma olasiz
«Yo'lda Haydovchi»ni yuklab olishAPK · 58 MB · Android 8+

Ko'p beriladigan savollar

Ilovadan foydalanish pullikmi?

Yo'q. Ilovani yuklab olish va buyurtma berish bepul. Safar narxini o'zingiz taklif qilasiz va haydovchiga naqd to'laysiz.

Nega ilova Google Play'da yo'q?

Ilova do'konlarga joylanish jarayonida. Hozircha APK faylni shu saytdan yuklab o'rnating: telefon «noma'lum manbalardan o'rnatish»ga ruxsat so'rasa, brauzerga ruxsat bering.

iPhone uchun versiya bormi?

iOS versiyasi tayyorlanmoqda va tez kunda App Store'da chiqadi.

Haydovchilar qanday tekshiriladi?

Haydovchi pasport, mashina ma'lumotlari va rasmlarini yuboradi. Operator tekshirib tasdiqlamaguncha u buyurtma ololmaydi. Hujjat yoki mashina o'zgarsa — qayta tekshiruvdan o'tadi.

Buyurtmani bekor qilsam bo'ladimi?

Ha: haydovchi qidirilayotganda ham, haydovchi qabul qilgandan keyin ham — u siz bilan yo'lga chiqquncha.

Qaysi yo'nalishlar bor?

O'zbekiston bo'ylab shaharlararo yo'nalishlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysi, Qashqadaryo, Xorazm va boshqalar. Haydovchilar o'zi boradigan yo'nalishdagi buyurtmalarni oladi.